Makka va Madinada shaharlarida komendantlik soati joriy qilindi

Olam

image

Saudiya Arabistoni rasmiylari musulmonlarning muqaddas Makka va Madina shaharlarida koronavirus tufayli komendantlik soati joriy etishdi. Bu haqda bugun, 2 aprel kuni "Al Arabiya" nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, har ikkala shahar aholisi favqulodda ehtiyoj tug‘ilsa, jumladan, oziq-ovqat xarid qilish va tibbiy xizmat olish sababli faqatgina 6:00 dan 15:00 gacha uylarini tark etishlari mumkin. Aholi imkon qadar o‘zlarining mahallalaridan tashqariga chiqmasliklari kerak.

Shuningdek, shaharlardagi barcha tijorat faoliyatlari to‘xtatiladi. Faqat dorixonalar va oziq-ovqat do‘konlari ishlashiga ruxsat beriladi. Qirollik Ichki ishlar vazirligi ushbu choralar harbiy xizmatchilarga, xavfsizlik xizmati xodimlariga, ommaviy axborot vositalariga va tibbiyot muassasalarida ishlaydigan odamlarga tegishli emasligini ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, qirollikda koronavirus bilan bog‘liq 1885 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 21 nafari vafot etgan, 328 nafari esa sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Makka Madina Koronavirus Karantin Komendantlik soati

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing