“Johnson & Johnson” ishlab chiqargan vaksina sinovlari natijalari ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Amerikaning "Johnson & Johnson" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi koronavirusga qarshi vaksina klinik sinovlarining birinchi davri va ikkinchi davrining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tdi. Ko‘ngillilarda barqaror immunitet shakllandi

Ma’lumotlarga ko‘ra, test sinovlarida 800 kishi ikki guruhga bo‘lingan holda qatgashgan. Birinchi guruhga 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar, ikkinchi guruhga 65 yoshdan oshganlar kiritilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, olingan xulosalar dastlabki natija bo‘lib, hali mustaqil ekspertlar tomonidan tasdiqlanmagan.

Olimlar koronavirusga qarshi emlangandan 29 kun o‘tgach, klinik sinovlarda ishtirok etganlarning 99 foizida antitanalar paydo bo‘lganligini aniqlagan. Shu bilan birga, nojo‘ya ta’sirlar ham kuzatilgan. Jumladan, isitma, bosh og‘rig‘i, tanada og‘riq, in’eksiya joyida zaiflik kuzatilib, bir-ikki kun ichida o‘tib ketgan. Olimlarning ta’kidlashicha, yuqorida kuzatilgan test natijalari vaksina bilan bog‘liq ishlarni yanada rivojlanishiga yordam beradi.

Ma’lumot uchun, "Johnson & Johnson" kompaniyasi 23 sentyabr kuni koronavirusga qarshi vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichini boshladi. Kompaniya, agar vaksina o‘zining samaradorligi va xavfsizligini isbotlasa, birinchi partiya 2021 yil boshida sertifikatlash uchun taqdim etiladi, deb umid qilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

271

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing