Shavkat Mirziyoyev “Yilning oltin odami” bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyada “Yilning davlat odami” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning Turkiyadagi manbasi xabar bermoqda. 

Turkiyaning Ipak yo‘li strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan “Ipak yo‘li yilning oltin odamlari” XV xalqaro mukofoti sohiblari aniqlandi. 

Kecha, 15 aprel kuni Istanbulda mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur mukofotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mamlakatning Istanbuldagi bosh konsuli Shuhrat Aminov qabul qilib oldi. 

Moldova Respublikasining Gagauzan avtonom mintaqasi Prezidenti Irina Vlah esa “Mamlakatiga va turk dunyosiga ko‘rsatgan xizmatlari uchun” mukofotiga loyiq ko‘rildi. 

“Yilning diplomati” mukofoti Qozog‘iston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi elchisi Abzal Saparbekulga nasib etdi. 

Shuningdek, mukofotga Turkiya Parlamenti Turkiya-Ozarbayjon parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari Shamil Ayrim, Anadolu axborot agentligi Istanbul ofisi mudiri Husayn Oltinolan, Turk madaniyati tashkiloti (Turksoy) bosh kotibi Dusen Kasainov, Ahiska turklari jahon ittifoqi prezidenti Ziyaeddin Ismihano‘g‘lu, “Yukselir Group” raisi Yavuz Yuksal, “Edelstaal” shirkatlar guruhi rahbari Turgut Toruno‘g‘ullari, Xalqaro ilm markazi rahbari professor, doktor Elchin Iskandarzoda, Marmara vaqfi boshlig‘i doktor Akkan Suver,  Evsen vaqfi boshlig‘i doktor Ali Evsen, “Beta” shirkatlar guruhi rahbari Yusuf Ug‘ur, “Lina Mobilya” boshqaruv raisi G‘iyos Halilov, Ozarbayjonning “Azad TV” telekanali muxbiri E’tibor Babayev, “Beze Group” rahbari Bengu Bilik, professor Chengiz Gunesh, Ozarbayjonning “Hilol” ijtimoiy jamiyati rahbari Orzuman Abdulkarimov, Rossiya Federatsiyasining Turkiya diolog tashkiloti rahbari Ahmed Ahmedovga ham turli yo‘nalishlarda “Yil odami” mukofotlari topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev Osiyo jurnalistlar assotsiatsiyasi (AJA) tomonidan 2018 yilda “Osiyoda yil odami” deb topilgandi. O‘zbekiston rahbari Markaziy Osiyoda tinchlik o‘rnatish va mintaqa mamlakatlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga harakat qilgani uchun bu mukofotga munosib ko‘rilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

137

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing