Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Haydar Aliyev qabrini ziyorat qildi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Baku shahriga kelgach, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev mangu qo‘nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Shavkat Mirziyoyevga rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva ham hamrohlik qilgan. 

Haydar Aliyevning mustaqil Ozarbayjonni barpo etish va mustahkamlash yo‘lidagi xizmatlari beqiyos. Mamlakatning jadal rivojlanish davri va xalqaro maydondagi nufuzining yuksalishi aynan uning ismi bilan bog‘liq.

“Qardosh o‘zbek xalqi bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida e’tibor qaratgan Haydar Aliyevni yurtimizda yaxshi bilishadi. O‘zbekistonda uning yuz yillik yubileyi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan pochta markalari bosilgan, turli madaniy-ma’rifiy va ilmiy tadbirlar o‘tkazilgan edi”, deyiladi xabarda. 

Toshkentda Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi nomidagi ko‘cha, unga bag‘ishlangan xiyobon va yodgorlik ochilgan.

Shavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi Haydar Aliyev qabriga gul qo‘yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Haydar Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing