Shavkat Mirziyoyev BAAga yetib bordi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.

Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. 

Shavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BAA

Baholaganlar

82

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing