Prezident “Tashkent City” va “Humo Arena”ga kelishi kutilyapti

Jamiyat

image

Bugun, 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytishi kutilyapti.

QALAMPIR.UZ manbasining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev poytaxtga qaytgach, “Tashkent City”ga boradi. Bundan tashqari Prezident 15 mart kuni ochilishi rejalashtirilgan “Humo Arena” muz saroyini ko‘zdan kechiradi.

Ma’lumot uchun, davlat rahbari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida Navoiyga borgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni “Humo Arena” muz saroyining tantanali ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Humo Arena

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing