Toshkent markazidagi ikki ko‘cha vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 6 fevral kuni Toshkent markazidagi ayrim ko‘chalar vaqtincha transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘chalar “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostidagi vatanparvarlik festivalining o‘tkazilishi munosabati bilan 6 fevral soat 13:00 dan 7 fevral kuni soat 22:00 ga qadar avtotransport vositalarining harakati uchun yopiladi.

Ko‘chalar ro‘yxati:

— Zarafshon ko‘chasi - Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida; 

— Istiqlol ko‘chasi - Buyuk Turon ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'cha

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing