Bosh vazirlikdan ketolmagan Goncharuk Zelenskiy qaroriga munosabat bildirdi

Olam

image

Ukraina Bosh vaziri Aleksey Goncharuk mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy uning iste’fosni qabul qilmaganiga munosabat bildirdi.

“Jamoamiz bizga yuklatilgan mas’uliyatni anglagan holda barcha topshiriqlarni bajarishga va mamlakatda tizimli o‘zgarishlarni kuchaytirishga tayyor”, degan Goncharuk Facebook`dagi sahifasida.

Bosh vazir shuningdek, hukumat oldida og‘ir va mashaqqatli mehnat turganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Goncharuk iste’foga chiqish uchun Zelenskiyga ariza topshirdi. Biroq Prezident uning iste’fosini qabul qilmadi. Bosh vazirning lavozimidan ketishga qaror qilishi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan audio bilan bog‘liq edi. Audioda Goncharuk ekani iddao qilinayotgan shaxs Zelenskiyni iqtisodiyotda hech nimani tushunmasligini aytib, uni obro‘sizlantirgan.

Goncharuk Ukraina hukumatiga 2019 yil 29 avgustdan rahbarlik qiladi. Bungacha u Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Aleksey Gonchurak

Baholaganlar

137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing