Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari e’lon qilindi

Olam

image

Bugun, 7 oktyabr kuni kimyo bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti sohiblari aniqlandi. Fransiyalik mikrobiolog Emmanuel Sharpante va amerikalik bioximik Jennifer Dudna genom tahrirlash metodini rivojlantirgani uchun mukofotga loyiq ko‘rildi.

2019 yilda esa oddiy litiy-ion batareyani ko‘p marta ishlatsa bo‘ladigan qilib, qayta-qayta zaryadlash imkoniyatini ochgan olimlar — Jon Gudenof, Stenli Uittingem va Akira Yosino kimyo bo‘yicha Nobelga sazovor bo‘lishgan.

Ma’lumot uchun, 6 oktyabr kuni fizika bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti sohiblari aniq bo‘lgandi

5 oktyabr kuni esa fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti sohiblari aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya va Norvegiyada 5 oktyabr kuni Nobel haftaligi boshlandi. Haftalik davomida ushbu nufuzli mukofotning 2020 yildagi sovrindorlari aniqlanadi.

Stokgolmdagi Nobel qo‘mitasi 6 oktyabr, seshanba kuni — fizika, 7 oktyabr, chorshanba kuni — kimyo, 8 oktyabr, payshanba kuni esa adabiyot bo‘yicha sovrindorlarni e’lon qilishi aytilgandi.

Eng nufuzlilardan biri hisoblanadigan dunyoda tinchlik o‘rnatishga hissa qo‘shganlik uchun mukofot sovrindori, an’anaga ko‘ra, Osloda e’lon qilinadi. Marosim 9 oktyabr, juma kuniga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing