Sergelidagi arzon uylarning narxi oshirilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent shahrining Sergeli tumanida ko‘p qavatli arzon uy joylar qurilib kelinayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda mazkur uylarning narxi yana oshishi borasida xabarlar tarqalayotgani haqida ma’lumot bergan edik. Unda “O‘zshahar qurilish invest“ IK MCHJ tomonidan shu mazmunda tayyorlangan xat rasmi ham ilova qilingandi.

Mazkur xabardan so‘ng “O‘zshahar qurilish invest” IK ushbu xabar asossiz ekanligi, unda aks etgan hujjat esa hech qanday yuridik kuchga ega emasliligini ma’lum qildi.

“O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi          PQ-2660-sonli hamda 2017 yil 23 oktyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3350-sonli qarorlariga muvofiq,               2017-2018-yillarda respublika shaharlarida jami 24 856 ta xonadondan iborat 602 ta uy-joylar belgilangan muddatlarda qurib bitkazilib imtiyozli ipoteka kreditlari asosida fuqarolarga foydalanishga topshirildi.

Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan 2019 yil dasturiga muvofiq kompaniyamiz tomonidan respublika shaharlarida 7 va 9 qavatli g‘isht hamda panel tipidagi, 16 qavatli quyma temir-beton tipidagi loyihalar asosida jami 403 ta uy-joylarning qurilish-montaj ishlari olib borildi. Hozirda uy-joylarni foydalanishga topshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu uy-joylarning loyiha-smeta hujjatlari 2019 yil I choragida davlat ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilib, unga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQS siz) 7 qavatli uy-joylarning 1 m kv narxi o‘rtacha 3 980 000 so‘mni, 9 qavatli uy-joylarning 1 m kv narxi o‘rtacha 4 100 000 so‘mni, yig‘ma temir-beton konsturksiyali (panel tipdagi) loyiha asosidagi 9 qavatli uy-joylarning 1 m kv narxi o‘rtacha 4 330 000 so‘mni, quyma temir-beton tipdagi loyiha asosidagi 16 qavatli uy-joylarning 1 m kv narxi o‘rtacha 4 160 000 so‘mni tashkil etmoqda. 

Ushbu narxlar davlat ekspertiza xulosalariga asosan bo‘lib, uy-joylarda qurilish-montaj ishlari yakunlanganidan so‘ng, haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib, xonadonlarning 1 m kv haqiqiy narxi shakllanadi. Bunda, yuqorida ko‘rsatilgan davlat ekspertiza xulosalari asosida tasdiqlangan baholardan  oshmasligini “O‘zshahar qurilish invest” IK  kafolatlaydi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan ma’lumotlarni asossiz ekanligi, aniq va ishonchli ma’lumotlarni “O‘zshahar qurilish invest” IK matbuot xizmati hamda +99895 514 50 50 ishonch raqami orqali olishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz”, deyiladi kompaniya bayonotida.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sergelidagi arzon uylar raddiya

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing