Serxio Ramos: “Barselona”ni mag‘lub etish sharaf”

Sport

image

Bugun Ispaniya chempionati 26-turidan o‘rin olgan “Real Madrid” - “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

“Barselona”ga qarshi bahs oldidan “Real Madrid” klubi futbolchisi Serxio Ramos fikr bildirdi.
“Real Madrid” jamoasi sardori sifatida “Barselona” jamoasiga qarshi bahsda yana bir marotaba maydonga tushayotganimdan faxrlanaman. 

Bu men uchun katta mas’uliyat. Oldinda bunday o‘yinlar juda ham ko‘p. “Barselona”ni mag‘lub etish men uchun sharaf. Turnir jadvaliga e’tibor bersangiz, “Barselona” bizdan 2 ochkoga oldinda bormoqda. Shuning uchun ham bugungi o‘yin ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi o‘yinbo‘lishi mumkin”, deydi “Real Madrid” klubi sardori Serxio Ramos

Ma’lumot o‘rnida, Uxan shahri jamoasi futbolchilari La liga rahbariyati tomonidan “El-klassiko”ga taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” va “Barselona” jamoalaridagi uchrashuv "Santyago Bernabeu"da 1 martdan 2 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Serxio Ramos Real Madrid El-klassiko

Baholaganlar

78

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing