JSST koronavirusning uy hayvonlaridan odamlarga yuqishini o‘rganmoqda

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirusning odamlar va uy hayvonlari o‘rtasida tarqalishini o‘rganishga kirishdi. Shuningdek, ular chorva hayvonlarining koronavirusga nisbatan zaiflik darajasini tekshiradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 8 aprel kuni "Science" jurnalida chop etilgan tadqiqotga e’tibor qaratdi. Unda mushuklar koronavirus bilan kasallanishi mumkinligi haqida yozilgan edi. Shuningdek, itlar ham koronavirusga chalinish ehtimoli ko‘proq ekani ta’kidlangan. Bundan tashqari, tadqiqotga ko‘ra, tovuq, cho‘chqa va o‘rdakda virusga qarshi immunitet aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, mushuklar havo tomchilari orqali bir-birlariga kasallikni yuqtirishi mumkin. Kasal mushuklarda virus og‘izda, burunda va ingichka ichakda aniqlangan.

Kecha, 9 aprel kuni, Britaniya veterinariya uyushmasi, kasallangan mushuk egalariga uy hayvonlarini tashqarida yurishiga yo‘l qo‘ymaslikni tavsiya qildi. Veterinariya shifokorlari ehtiyot chorasi sifatida uy hayvonlari egalariga karantin bilan bog‘liq bir qancha maslahatlarni bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Xitoyning Uxan shahrida 15 foiz mushuklarda koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.

 

Maqola muallifi

Teglar

JSST Koronavirus Uy hayvonlari

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing