Xorvatiyada Prezidentni saylash 2-turga qoldi

Olam

image

Kecha, 22 dekabr kuni Xorvatiyada o‘tgan prezident saylovlarida mutlaq g‘olib aniqlanmadi. Ko‘rsatilgan nomzodlardan hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz yig‘olmadi. Shu sababli 5 yanvarda saylovlarning 2-turi bo‘lib o‘tadi.

Mamlakat davlat saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2-turga Sotsial-demokratik partiya vakili Zoran Milanovich 29,57 foiz ovoz bilan va amaldagi prezident Kolinda Grabar-Kitarovich 26,65 foiz ovoz bilan o‘tdi.

Hammasi bo‘lib saylovlarda 11 nomzod ishtirok etgan.

Xorvatiya Prezidenti asosan vakillik vazifalarini bajaradi va mamlakatning ichki hamda tashqi siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qila olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorvatiya saylov

Baholaganlar

15

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made