Tramp prezidentlikdan ketgunga qadar qanday ishlamoqchiligini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp davlat rahbari bo‘lib turgan vaqtda Amerika hech qachon qilmadyigan uchta ishni ma’lum qildi. U bu haqda Twitter`dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Tramp uch narsa deganda AQSH dushmanlari uchun o‘zini oqlamasligi, amerikaliklarni himoya qilishda ikkilanishsiz chora ko‘rilishi va terrorga toqat qilmaslikni nazarda tutgan.

“Mening administratsiyamda biz Amerika dushmanlari uchun o‘zimizni oqlamaymiz, amerikaliklar hayotini himoya qilishda ikkilanmaymiz va terrorizmni yengish uchun harakatni to‘xtatmaymiz”, degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga Eron hujum qilganidan keyin bergan bayonotida urush bo‘lmasligi, uning o‘rniga iqtisodiy sanksiyalar kuchaytirilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

324

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing