Qo‘chqorov O‘zbekiston valyuta zaxirasida kuzatiladigan o‘zgarishlarni ma’lum qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston o‘zining valyuta zaxiralari tarkibida oltinning ulushini qisqartiradi va AQSHning g‘aznachilik obligatsiyalarini xarid qiladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov “Reuters”ga ma’lum qildi.

“Joriy yildan boshlab, Markaziy bank o‘z rezervlarini diversifikatsiya qilishni boshlaydi va ma’lum miqdorda AQSH g‘aznachilik obligatsiyalarini xarid qiladi”, dedi u.

“Zaxiralarimizning taxminan yarmi oltin, negaki biz oltin ishlab chiqaruvchimiz”, degan Markaziy bank raisi o‘rinbosari Temur Ishmetov.

Ishmetov bosqichma-bosqich valyuta zaxirasidagi oltin ulushi kamaytirilib, unga AQSH obligatsiyalari qo‘shilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston xalqaro kapital bozorida debyut qilib, 1 mlrd dollarga teng yevroobligatsiyalarini joylashtirdi. Ikki transhdagi obligatsiyalarning ko‘p qismini Buyuk Britaniya investorlari sotib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

obligatsiya Jamshid Qo'chqorov

Baholaganlar

85

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made