Rossiya sanksiyalarga yon berish uchun Turkiyadan yordam so‘radi – WP

Olam

image
Erdo‘g‘an bilan Putinning Suriya va Liviya masalasida gapi bir joydan chiqdi north_east

Erdo‘g‘an bilan Putinning Suriya va Liviya masalasida gapi bir joydan chiqdi

Rasmiy Moskva G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban joriy qilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam so‘rab Turkiyaga murojaat qildi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Maqolada aytilishicha, Rossiya va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralari arafasida Ukraina razvedkasi Rossiya rasmiylarining taklifini ushlagan.

Xabarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Turkiyadan mamlakat neftni qayta ishlash zavodlari, neft terminallari va tanklaridagi ulushlarni sotib olishga ruxsat berishga chaqirmoqda. Bu qaror, deydi “The Washington Post”, neftning kelib chiqishini yashirishga va sanksiyalar, jumladan, Yevropa Ittifoqi neft embargosini chetlab o‘tishga yordam berishi mumkin.

Rossiya, shuningdek, Turkiyaning davlat banklarida Rossiya Federatsiyasining eng yirik moliyaviy tuzilmalari uchun hisob raqamlarini ochish, shuningdek, rossiyalik sanoat ishlab chiqaruvchilariga Turkiyaning erkin iqtisodiy zonalarida ishlashga ruxsat berishni so‘raydi.

Shu bilan birga, “The Washington Post”ning ta’kidlashicha, Turkiyaning Rossiya taklifiga rozi bo‘ladigan siyohi yo‘q, chunki bunday qo‘llab-quvvatlash turk banklari va kompaniyalariga ikkilamchi sanksiyalar qo‘llash xavfini tug‘diradi.

Gazeta bilan gaplashgan G‘arb rasmiylari razvedkachilar ushlagan taklifdan bexabar ekanliklarini aytishgan. Biroq ularda Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish va ulardan keladigan iqtisodiy zararni kamaytirish yo‘llarini qidirayotgani haqida ma’lumotlar bor. Xususan, G‘arb rasmiylariga ko‘ra, Rossiya dunyo bo‘ylab potensial hamkorlar, izlash maqsadida sayohat qilmoqda. Ehtimoliy nomzodlar orasida Turkiya ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Sochiga keldi. Kremlda xabar qilinganidek, prezidentlar ikki tomonlama hamkorlik (ham iqtisodiy, ham harbiy-texnik), shuningdek, Suriya va Ukraina, jumladan, Ukraina portlaridan don eksporti bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Turkiya

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made