Ronaldu YeCHLning chorak final bahslariga tayyor bo‘ladi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohatidan qutildi va “Ayaks”ga qarshi Chempionlar ligasi chorak finalining ilk uchrashuvida maydonga tushishga tayyor. Portugaliyalik yaxshi formada va davolanishni muddatidan avval yakunladi. Turinliklar hujumchisi

Ronaldu xatto “Milan”ga qarshi bo‘ladigan A Serinyaning 31-tur uchrashuvida ham ishtirok etishga tayyor, biroq turinliklar murabbiylari forvard salomatligi bilan tavakkal qilmaslikni maqul topmoqda. Ma’lumot uchun “rossonerilar”ga qarshi bahs 6 aprel kuni o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Ronaldu Serbiyaga qarshi Yevro-2020 saralash o‘yinida jarohat olgan edi.

"Ayaks" hamda "Yuventus" o‘rtasidagi birinchi o‘yin 10 aprel kuni Amsterdamda, javob uchrashuvi 16 aprel kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing