Crew Dragon XKSdan Yerga qaytmoqda

Texnologiya

image

Amerika kosmik kemasi Crew Dragon ikki nafar astronavt – Duglas Xerli va Robert Benken bilan Xalqaro kosmik stansiyadan ayrildi. Bu haqda NASA saytida xabar berilgan.

Kema AQSHning sharqiy sohili vaqti bilan soat 19:35 da XKSdan ayrilgan. U bugun, 2 avgust kuni Florida shtati sohillariga yetib keladi. Mutaxassislar Crew Dragon`ning qo‘nish joyini ob-havodan kelib chiqib belgilamoqchi.

Yerga qaytayotgan astronavtlar Duglas Xerli va Robert Benken lyuk yopilishidan oldin XKS jamoasi bilan xayrlashdi. Stansiyada amerikalik Kris Kessidi hamda rossiyalik astronavtlar Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner.

Ma’lumot uchun, Crew Dragon kemasi SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida 30 may kuni Floridadagi kosmodromdan XKS tomon uchirilgandi. Kema XKSga Duglas Xerli va Robert Benkenni olib borgandi.

Bu xususiy kompaniyaning ilk bor koinotga fazogirlarni olib chiqishi bo‘ldi. Shuningdek, NASA’ning Space Shuttle dasturi 2011 yilda tugatilgandan keyin amerikalik astronavtlar birinchi marta XKSga Rossiyaning “Soyuz” kemasidan boshqa kemada jo‘natilgan.


Maqola muallifi

Teglar

XKS Crew Dragon

Baholaganlar

168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing