Suriyada gektarlab yerlarga mina qo‘yib tashlangani aniqlandi

Olam

image

Suriya harbiylari o‘tgan kun davomida Damashq va Dera provinsiyalaridagi 2,3 gektar maydonni minalardan tozalashdi. Bu haqda Rossiya qochqinlarni qabul qilish, joylashtirish va turar joy bilan ta’minlash markazi xabar bermoqda.

"Suriya Arab Respublikasi qurolli kuchlarining muhandislik bo‘linmalari Arbil, Duma, Mazraat Mahmud va Xaush al-Fara (Damashq provinsiyasi), Jassim, Anhul, Kafar Shams va El-Xarrada (Deraa provinsiyasi) minalarni tozalash vazifalarini bajardi. 2,3 gektar yer tozalandi, 29 portlovchi ob’ekt topildi va yo‘q qilindi”, deyiladi xabarda.

Koronavirus sabab mamlakatda qochqinlar kelishi pasayib ketdi. Bundan tashqari, xorijdan kelayotgan insonparvarlik yordamlari ham kamayib ketdi. Shu sabab bu holatdan tashvish bildirgan BMT yetakchi davlatlarni Suriyaga yordam berishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya

Baholaganlar

146

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing