“Real” beshta futbolchining transferi bilan jiddiy shug‘ullanmoqda

Sport

image

Madridning “Real” Azar, Eriksen, de Ligt, van de Bek va Milinkovich-Savichga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar Rodrigo Goes va Eder Militaodan so‘ng “Real”ning uchinchi xaridiga aylanadi. Belgiyalik yarim himoyachining transferi tez orada rasmiylashtirilishi mumkin. “Real” futbolchi uchun 100 mln. yevro atrofida pul to‘laydi.

Madrid klubi yana bir qator futbolchilarni xarid qilishni o‘ylab turibdi. Ulardan biri “Tottenxem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen. “Real” bosh murabbiyi daniyalikni o‘z jamoasida ko‘rishni juda xohlamoqda.

Shu bilan birga, “Real” “Ayaks”ning ikki futbolchisi Matteys de Ligt va Donni van de Bekni ham o‘z safiga qo‘shib olishni o‘ylamoqda.

Bundan tashqari, “Real”dagilar “Latsio” yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichni kuzatishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing