“Real” 350 millionlik transferga tayyorlanmoqda!

Sport

image

Madridning “Real” klubi braziliyalik hujumchi Neymar uchun PSJga 350 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Bu haqida ispan nashri Sport.es ma’lumot tarqatdi.

Manbada ta’kidlanishicha, “blankos” rahbariyatining yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsadi Mbappe emas Neymar hisoblanmoqda. Sababi fransuz futbolchisi o‘z mamlakatini tark etishni xohlamayapti. Shu sababdan, yana soyada qolishni boshlagan braziliyalik forvard “Real”ning taklifiga ijobiy qarashi mumkin.

Madridliklar futbolchiga yiliga soliqlardan tashqari 45 million yevro maosh berishga tayyor. Agar bu amalga oshsa Premero tarixida to‘langan eng katta gonararga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Neymar

Baholaganlar

104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing