“Real” 18 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

“Real Madrid” “Lill”ning 18 yoshli markaziy himoyachisi Leni Yoroni sotib olish bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi Yoroni Yevropadagi eng umidli himoyachilardan biri deb hisoblamoqda. “Qaymoqranglilar” futbolchi uchun taxminan 30 million yevro taklif qilishga tayyor.

O‘z navbatida “Lill” Yoroni so‘nggi oylarda himoyachiga faol qiziqish bildirayotgan PSJga emas, balki “Real”ga sotish niyatida.

Joriy mavsum Yoro barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Leni Yoro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing