Bellingem eng kuchli jamoadoshlari kimligini ma’lum qildi

Sport

image

“Real Madrid” yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyati davomida o‘zi bilan to‘p surgan eng kuchli futbolchilar kim ekanligini aytdi.

“Men bilan o‘ynagan eng yaxshi futbolchilar Toni Kroos va Luka Modrich”, deydi Bellingem.

Bellingem 2023 yilning iyulida Dortmundning “Borussiya”sidan “Real”ga o‘tgan edi. Transfer summasi 103 million yevroni tashkil qilgan futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” 20 yoshli futbolchini 180 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Jud Bellingem 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Real hujumchisi Xoseluga Manchester Yunayted qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Luka Modrich Real Madrid Toni Kroos Jud Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made