Peres Kroos va Modrich bilan uchrashadi

Sport

image

“Real” yarim himoyachilari Luka Modrich va Toni Kroosning Madrid klubidagi kelajagi yaqin kunlarda hal bo‘ladi. Bu haqda futbol jurnalisti Xose Feliks Dias o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, tez orada “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres futbolchilar bilan uchrashuv o‘tkazadi. “Qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Modrich va Kroosning qolishini istamoqda.

Qayd etish joiz, 8 may kuni Yevropa Chempionlar ligasi 1/2 finali javob o‘yinida “Real Madrid” Myunxenning “Bavariya” klubini mag‘lub etdi (2:1). Ushbu g‘alaba evaziga madridliklar turnir finaliga yo‘l oldi. Shu tariqa, joriy mavsum Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Real Madrid” va “Borussiya Dortmund” jamoalari o‘ynaydi. Turnirning hal qiluvchi o‘yini 1 iyun kuni Angliya poytaxti Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Luka Modrich Real Madrid Toni Kroos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made