Rasman: Riyod Mahrez – Saudiya klubi futbolchisi 

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi jazoirlik Riyod Mahrezni “Al-Ahli”ga o‘tganini e’lon qildi.

Jazoirlik vinger “Manchester Siti”da 5 yil o‘ynadi. U 2018 yilda “Lester”dan “shaharliklar” safiga ko‘chib o‘tgandi.

Manchesterdagi faoliyati davomida Mahrez 236 uchrashuvda maydonga tushib, 78 gol urgan va 59 golga assistentlik qilgan. Qanot yarim himoyachisi Angliya klubi bilan 11 ta sovrin, jumladan, 2022/23 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi va to‘rtta Angliya chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Qayd etilishicha, “Manchester Siti” Saudiya klubidan 32 yoshli yarim himoyachi uchun tovon puli bilan birga 35 million yevro oladi. Mahrezning o‘zi “Al-Ahli” bilan 2027 yilning iyunigacha shartnoma imzoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Lester Mahrez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing