“Manchester Siti” yetakchisi klubni tark etadigan bo‘ldi 

Sport

image

“Manchester Siti” klubining portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silva klubni tark etadi. Bu haqda futbol jurnalisti Pedro Almeyda o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, 29 Silva shu yozda “shaharliklar” safini tark etish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qilgan. Hozirda futbolchi xizmatlariga Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. 

Joriy mavsumda Bernardu Silva “Manchester Siti” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Faoliyati davomida Bernardu 1 marta Fransiya, 5 marta Angliya chempionatida g‘olib bo‘lgan. “Man Siti” safida Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, uning qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Bernardu Sil'va

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing