Raneri Shomurodovning holati bo‘yicha ma’lumot berdi
Sport
−
24 fevral
8539Italiyaning “Kalyari” klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri A Seriya navbatdagi turi doirasida “Napoli”ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Jurnalistlar undan jamoa hujumchisi Eldor Shomurodovning hozirgi holati haqida so‘radi.
“Shomurodov qayta tiklanish jarayonida. Hozirda u umumiy guruhda emas, yakka tartibda mashg‘ulotlarda qatnashyapti”, deydi Raneri.
Hujumchi katta ehtimol bilan 25 fevral kuni o‘tkaziladigan “Kalyari”-“Napoli” bahsida maydonga tushmaydi.
28 yoshli Eldor Shomurodov o‘tgan yili dekabr oyida jarohat olib taxminan 1-1,5 oyga safdan chiqqandi. Jarohati bois futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Qatar mezbonlik qilgan Osiyo kubogida yordam bera olmadi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodovning “Kalyari” bilan shartnomasi shu yil yoziga qadar mo‘ljallangan. U joriy mavsum A Seriyada umumiy 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shartnomasi yakunlangach hujumchi yana Rimning “Roma” klubiga qaytadi.
LiveBarchasi