Milliy gvardiya qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga uchta yangi o‘rinbosar tayinlandi.

Polkovnik Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Mamirjon Jomoldinovich G‘aniyev – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari – Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga taiynlandi.

Polkovnik Sarvar Dehqonboyevich Mamayusupov – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rustam Jo‘rayev milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya tayinlov

Baholaganlar

352

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made