COVID-19 ni mensimagan Belarusning 300 dan ortiq shifokori uni yuqtirib oldi

Olam

image

Avvalroq, 334 nafar ukrainalik tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik. Bu holat koronavirusga qarshi hech qanday choralar qo‘llamayotgan Belarusda ham kuzatildi.

Bugung kelib mamlakatdagi 301 tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan. Bu haqda Respublika sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanik xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasalikka eng ko‘p chalingan xodimlar Vitebsk va Minskda qayd etilgan. 

Karanikning ta’kidlashicha, har bir holat bo‘yicha epidemiologik tekshiruvlar olib borilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan tibbiyot xodimlari o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Mamlakatda haqiqatan ham karantin holati e’lon qilinmagan. Hayot odatiy tarzda davom etmoqda. Belarus Prezidenti koronavirus sabab nega cheklov choralari qo‘llamayotganini quyidagi sabablar bilan izohlagandi.

"Xonadonlarga odamlarni qamash yechim emas. Biz bu yo‘l bilan odamlarni o‘ldiramiz. Esingizdami, bizga doim o‘rgatishgan narsa. Shifokorlar, agar siz SARS, gripp va boshqa kasalliklarga chalinsangiz, tashqariga chiqishingizni, toza havoda nafas olishingizni va xonani shamollatishingiz kerakligini aytishardi. Shuning uchun, bugungi kunda odamlarni izolyatsiya qilishni maslahat beradiganlarni tushunmayapman. Biz har doimgidek yo‘nalishda ishlashimiz kerak".

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirusga 2 226 nafar odam chalindi. 172 bemor shifo topgan bo‘lsa, 23 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus'

Baholaganlar

420

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made