Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda bolalar soni qancha ekanini ma’lum qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston aholisining 10 millionga yaqinini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2020 yil 1 yanvar holati bo‘yicha mamlakatda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan. Shundan, 5 million 112 ming 470 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 4 million 757 ming 806 nafari qiz bolalardir.

Respublikada 0–14 yoshdagi o‘g‘il-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, 34 068,8 ming kishini tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi bolalar statistika

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing