Karantin qoidalarini buzgan haydovchilarning avtotransport vositalari jarima maydoniga qo‘yilishi qonuniymi?

Jamiyat

image
Fuqarolarni “o‘zini yakkalash” hayot tarziga rioya qilishga majburlash qanchalik qonuniy? north_east

Fuqarolarni “o‘zini yakkalash” hayot tarziga rioya qilishga majburlash qanchalik qonuniy?

Karantin qoidalarini buzgan haydovchilarning avtotransport vositalarini jarima maydoniga qo‘yilishi aslida noqonuniy hisoblanadi. Lekin, Respublika maxsus komissiyaning qarori yuqoridagi vaziyatga istisno bo‘lishi belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasida transport vositalarini ushlab turish asoslari keltirib o‘tilgan bo‘lib, unda ushbu kodeksning 54-moddasi talablari, ya’ni epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun transport vositalarini vaqtincha ushlab turish keltirilmagan.

Bundan kelib chiqadiki, joylarda karantinga rioya etmaganlik sababidan avtomobillarni jarima maydonlariga qo‘yish noqonuniydir.

Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son qarori bilan Respublika maxsus komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy deb belgilanib qo‘yilgan.

Aynan, Maxsus komissiyaning 4 apreldagi 16-sonli Bayonida: "karantin talablarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, istisno tariqasida ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida belgilangan tartibni buzganligi uchun, transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turiladi", deyilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AOKA shtabida karantin vaqtida amal qilish muddati tugagan hujjatlar masalasida ma’lumot berilgandi.

 

 

Maqola muallifi

Teglar

Jarima maydonchasi

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing