“Jarima maydonchasi” axborot tizimi ishlab chiqiladi

Jamiyat

image

2024 yil 1 yanvardan ushlangan transportlarni to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu haqda hukumat qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Shunga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan:

•  qonun hujjatlari buzilgani uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi;

•  ushlangan transportlarni to‘xtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

•  transportlarni to‘xtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning cheklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.

“Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali, jumladan:

•  ushlangan, to‘xtash joylariga joylashtirilgan va olib chiqishga ruxsat berilgan transportlar ro‘yxati yuritiladi; 

•  transportlarni to‘xtash joylaridan olib chiqish uchun barcha to‘lovlar (jarima maydonchasi va huquqbuzarlik uchun jarimalar) elektron amalga oshiriladi.

Mazkur axborot tizimi 2023 yil 1 noyabrgacha ishlab chiqiladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 dekabrgacha YHXXning yagona axborot tizimi ushlangan transportlarni saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarni ochiq tanlov asosida elektron tanlab olish imkoniyatini yaratish maqsadida takomillashtiriladi.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Jarima maydonchasi axborot tizimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made