Pugachyova “izsiz” g‘oyib bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Alla Pugachyovaning bolalari Liza va Garri bilan Isroilni tark etgani haqidagi xabarlardan so‘ng, uning muxlislari Primadonnaning blogiga yoza boshladi. Do‘stlari esa u bilan qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanib ko‘rishga urindi. Ammo barcha harakatlar besamar ketdi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” nashri xabar berdi.

Pugachyova telefonni ko‘tarmayapti, xabarlarga esa javob qaytarmayapti. U Kiprga uchib ketgani aytilganidan buyon bir necha kun o‘tdi. Shundan beri xonandani hech kim ko‘rmagan. 

Bildirilishicha, ba’zi manbalar qo‘shiqchi va uning farzandlari Isroilda emasligini tasdiqlagan, ammo ularning Kiprda ekani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Aslida Pugachyovaning Kiprda uyi borligi va uning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkinning ham Kiprda ekani ushbu taxminga asos bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, xonanda Kiprdagi ko‘chmas mulkiga millionlab yevro sarmoya kiritgan. Hashamatli kvartiralarning yillik texnik xizmat ko‘rsatishi esa yuzlab yevroga tushadi. Saroyda kurort, basseyn va hashamatli hovli mavjud. Shuningdek, Pugachyovaning Mayamida ham hovlisi bor. U okean bo‘yida joylashgan. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Alla Pugachyova farzandlari bilan Isroilni tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. Ularning Kiprdaligi haqida taxminlar paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha,  Kiprdagi uyi sabab xonanda va uning farzandlariga mamlakat fuqaroligi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kipr Isroil Alla Pugachyova Galkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made