Markaziy Osiyo mamlakatlarining qay birida koronavirus bo‘yicha vaziyat jiddiy?

Bu qiziq

image

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 24,5 millionga yaqinlashdi. O‘zbekiston koronavirus tarqalgan mamlakatlar qatorida 59-o‘rinda bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar 40 613 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 37 200 nafari yoki umumiy bemorlarning 92 foizi sog‘aygan. Shifoxonalarda 3 113 bemorning davolanishi davom etmoqda. Ulardan 279 nafari og‘ir, 133 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ushbu virusdan vafot etganlar bo‘yicha rasmiy ko‘rsatkich esa 300 nafarni tashkil etmoqda. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida koronavirus tarqalishi jiddiy tus olayotgan mamlakat Qozog‘iston bo‘lib qolmoqda. U dunyo miqyosidagi statistikaning 30-o‘rnini egallagan. Mamlakatda 105 408 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 95 253 nafari yoki 90 foizi sog‘aygan. 1 523 kishi esa vafot etgan. Qozog‘iston dunyo bo‘yicha kuchaytirilgan karantin choralariga qaytgan birinchi mamlakat bo‘lganiga qaramay, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kun sayin xavfli tus olib bormoqda. 

Jahon statistikasining 54-o‘rnini Qirg‘iziston Respublikasi egallamoqda. Mamlakatda ushbu kasallikka chalinglarning umumiy ko‘rsatkichi 43 587 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 37 726 nafari yoki 86 foizi sog‘aygan. Vafot etganlar 1 057 kishi. 

Afg‘oniston esa dunyo reytingida O‘zbekistondan keyingi pog‘onani egallab, 60-o‘rinda bormoqda. Ushbu mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar 38 140 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 29 059 nafari yoki jami bemorlarning 76 foizi sog‘aygan. Vafot etganlar esa 1 402 nafarga yetgan. 

Markaziy Osiyo davlatlari orasida koronavirus bilan bog‘liq eng yaxshi natija Tojikistonda qayd etilmoqda. Mamlakat dunyo reytingida 96-o‘rinda bormoqda. Unda virusdan 8 449 kishi zararlangan. Bemorlarning 7 246 nafari yoki 85,7 foizi sog‘aygan. O‘lim ko‘rsatkichi ham juda past. Bemorlarning 68 nafari vafot etgan. 

Turkmanistonda esa vaziyat hamon barqaror. Rasmiy Ashxobod mamlakatda koronavrus aniqlangani bilan bog‘liq holatlarni rad etib kelayotgan bo‘lsa-da, allaqachon karantinning asosiy choralari bo‘lgan ijtimoiy masofa va tibbiy niqob taqish majburiy etib belgilangan. Bundan tashqari Hukumat o‘quv yilini dars soatlarini qisqartirish bilan boshlashini e’lon qildi


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy Osiyo

Baholaganlar

508

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing