Avstraliyada 48 soat ichida koronavirusni organizmda bloklovchi dori ixtiro qilindi

Salomatlik

image

Avstraliyalik olimlar koronavirusga qarshi samarali Ivermektin dorisi haqida ma’lum qilishdi. Ushbu Ivermektin antiparazitik dorisi ikki kun ichida koronavirusning odam tanasida ko‘payishini to‘xtatishga qodir. Bu haqda kecha, 8 aprel kuni Monash universiteti va Melburndagi Qirollik shifoxonasi olimlari “Antiviral Research” jurnalida ma’lum qilishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, ivermektin tez ko‘payuvchan SARS-CoV-2 virusini odam hujayrasida ko‘payishini bloklaydi. Ma’lumki, ushbu virus odam hujayrasiga kirgandan so‘ng 100 tadan 1000 tagacha ko‘payishi mumkin.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, sinovlar davomida preparatning koronavirus bilan kasallangan hujayralarga ta’siri o‘rganilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan organizmga ivermektin kiritilgandan ikki kun o‘tgach, virusning 99 foiz RNKsi hujayralarga kirganidan so‘ng o‘z “faoliyatini” to‘xtatgan.

“Ivermektin bilan ishlov berilgan hujayralarda 48 soatdan keyin virusli RNK miqdori besh ming marta kamaydi. Bu hujayradagi barcha virusli moddalarning yo‘qolishiga dalolat beradi”, deyiladi maqolada.

Shu bilan birga, olimlarning ta’kidlashicha, sinovlarda ivermektinning toksik ta’siri aniqlanmagan. Inson organizmiga zarari yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Koronavirus Dori

Baholaganlar

1128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing