“Barselona” Grizman atrofidagi shov-shuvlarga oydinlik kiritdi

Sport

image

Kataloniyaning "Barselona" klubi Antuan Grizmanni sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchi yana bir mavsumni "Barselona" jamoasida o‘tkazadi. Chunki klub rahbariyati ushbu mavsum Grizmann yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishiga ishonmoqda. Shu tariqa 29 yoshli futbolchini MYUga sotish yoki PSJdan Neymarning o‘rniga almashtirish shartnomasiga qo‘shish haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritildi. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda "Barselona" Grizmanni "Atletiko Madrid" klubidan 120 million yevro evaziga sotib olgandi. Futbolchi kataloniyaliklar tarkibida joriy mavsumda barcha musobaqalarda 37 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Futbol Antuan Grizmann

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing