Prezident talabaga avtomobil sovg‘a qildi

Jamiyat

image

Kecha, 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga qilgan tashrifi chog‘ida, O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, олимлар, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

Uchrashuvda O‘zMU matematika fakulteti 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev so‘zga chiqib, o‘z tajribasidan kelib chiqib, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi o‘quvchilarini matematika fanidan xalqaro olimpidaga tayyorlayotgani, o‘quvchilari Rossiyada bo‘lib o‘tgan olimpiadalarda munosib ishtirok etgani haqida gapirib berdi. Prezident talabaning ishtiyoqi, tashabbuskorligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi uchun “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umirzoqovga Sardor Bozorboyev uchun avtomobil ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vazirligiga talaba bilan hamkorlik qilish, o‘quvchilarni xalqaro olimpiadaga tayyorlashda uning tajribasidan foydalanish, mehnatlarini munosib rag‘batlantirib borishni tavsiya qildi.

Ma’lumot uchun, Sardor Bozorboyev 2015-2018 yillarda matematika fanidan respublika va xalqaro miqyosidagi o‘tkazilgan olimpiada va musobaqalar sovrindori, “Yil talabasi - 2018” tanlovi g‘olibi, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sohibi (2017) bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing