Koronavirusdan o‘lgan odamning jasadi qarindoshlariga berilmaydimi?

Jamiyat

image

Bugun, 28 mart holatiga O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan ikki bemor vafot etdi. Koronavirusdan vafot etgan odamni dafn etish maxsus choralarni ko‘rgan holda amalga oshirilishi aytildi.

Shunday vaziyatda koronavirusdan vafot etgan odamning jasadi qarindoshlariga berilmas ekan, degan gaplar tarqaldi. Bu qanchalik haqiqat yoki yolg‘onligiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov oydinlik kiritdi.

“Bu noto‘g‘ri. Faqatgina koronavirusdan vafot etgan odamni dafn etishning o‘ziga xos tartiblari bor. Ana shu tartiblarga amal qilinadi. Ya’ni, maxsus ehtiyot choralarini ko‘rgan holda dafn marosimlari o‘tkaziladi”, dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing