Prezident “Reklama to‘g‘risidagi” Qonunga o‘zgartirish kiritdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish kiritish haqida Prezident qarori Normativ-huquqiy xujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qarorning birinchi moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 22 moddasi to‘rtinchi qismiga o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra, endi voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari reklamasiga nisbatan talablar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirib, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilish ishlarini ham olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Respublikasi Qonuni

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made