Dollar kursi 9500 so‘mdan oshdi
Jamiyat
−
18 noyabr 2019
5398O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 19 noyabrdan amalda bo‘luvchi yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari 9500,96 so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan haftadagiga nisbatan 10,19 so‘mga qimmatlashdi.
1 yevro kursi esa 43,53 so‘mga ko‘tarilib, 10498,56 so‘mni tashkil etdi.
Rubl kursining qiymati ham 0,19 so‘mga qimmatlab, 1 rubl 149,01 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
LiveBarchasi