Prezident korteji kutilmaganda bozor oldida to‘xtadi

Jamiyat

image

Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida Prezident korteji kutilmaganda To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozori yonida to‘xtadi. Davlat rahbari xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan samimiy muloqot qildi. 

Shavkat Mirziyoyev mamlakat iqtisodiyotini barqaror qilish, aholi turmush darajasini oshirish yo‘lidagi islohotlar xalq bilan bamaslahat davom ettirilishini ta’kidladi. Jumladan, Namangan viloyatining har bir tumaniga katta miqdorda investitsiyalar kiritish, yangi korxonalar, sanatoriylar, maktablar qurish, ishchi joylar yaratish bo‘yicha ulkan loyihalar boshlanganini aytib o‘tdi. 

Odamlar Prezident tashrifidan benihoya xursand bo‘lib, islohotlar natijalari har bir sohada sezilayotganini bildirdi. Namangan viloyati, umuman, mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik izhor etdi.

Ta’kidlash kerakki, xalq bilan muloqot qilish, hamisha xalq bilan birga bo‘lish Shavkat Mirziyoyev faoliyatining asosiy mezonidir. Prezidentimiz har bir hududga, jumladan, 2017 yilda To‘raqo‘rg‘on tumaniga tashrifi chog‘ida ham odamlar bilan muloqot qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev namangan

Baholaganlar

367

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing