Rossiya bizni yo‘qotishdan qo‘rqadi – Lukashenko

Olam

image

Rossiya Belarus bilan qardoshlik munosabatlarini hamkorlikka almashtirganiga qaramay, doim uning ittifoqchisi bo‘lib qoladi. Bu haqda bugun, 4 avgust kuni Prezident Aleksandr Lukashenko xalqqa va parlamentga murojaatida aytib o‘tdi.

“Rossiya bizni yo‘qotishdan qo‘rqadi, axir uning haqiqatan yaqin ittifoqichisi qolmadi, kamiga G‘arb ham bizga qiziqmoqda. Javobimiz hammaga ma’lum: Belarus kimdirga qarshi boshqa birov bilan do‘st bo‘lmaydi. Biz ko‘ptarmoqli, izchil tashqi siyosat tarafdorimiz. Rossiya bizning yaqin ittifoqchimiz bo‘lgan va bo‘ladi. Belarus va RFda hokimiyat tepasida kim turishing ahamiyati yo‘q. Bu yengib bo‘lmas omil”, dedi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus G‘arb, Amerika, Xitoy, yaqin qo‘shnilari bilan ham strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi.

Prezident mamlakati bundan keyin ham xalqaro muammolarni faqatgina tinch yo‘l bilan hal qilishini alohida ta’kidladi.

“Biz hech qanday muammoga aralashib qolmadik, qolmaymiz, qolish niyatimiz ham yo‘q”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Minsk chekkasidagi sanatoriyda “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 32 nafar jangisi qo‘lga olindi. Yana bir rossiyalik Belarus janubida ushlangan. Mamlakat huquq-tartibot idoralari ularga nisbatan terrorchilik akti uyushtirishga urinish ayblovi bilan jinoiy ish ochgan. Rossiyaliklar 20 yilga qamalishi mumkin.

Rasmiy Moskva rossiyaliklar Belarus orqali Turkiyaga ketayotganini, ular xususiy qo‘riqlash kompaniyasi xodimlari ekanini aytib chiqdi. Belarus mazkur voqealar fonida Rossiya bilan chegarada yirik harbiy yig‘in o‘tkazishni reja qildi.

Xullas, har ikki tomon o‘z vajini aytdi. Ammo ittifoqchi davlatlar munosabati so‘nggi vaqtlarda yaxshi emasligi hech kimga sir bo‘lmay qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

219

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing