Biz bu “urush”da g‘alaba qozonamiz – Tramp xalqini Pasxa bilan tabrikladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp pasxa munosabati bilan xalqiga yo‘llagan tabrigida tez orada mamlakat koronavirus ustidan g‘alaba qozonishi va amerikaliklar yana bayram ibodatlari uchun cherkovga bora olishini aytib o‘tdi. Trampning vatandoshlariga yo‘llagan videomurojaatini Twitter`dagi sahifasiga joylashtirdi.

“Bu Pasxa boshqalaridan ajralib turadi, negaki biz cherkovlarimizdan yiroqdamiz. Biz o‘zimiz xush ko‘rgandek cherkovda yonma-yon o‘tirishni xohlaymiz va bu kun tez orada keladi. Ammo hozir masofani saqlaymiz. Biz bu "urush"da g‘alaba qozonamiz. Birgalikda cherkovda to‘planamiz”, degan Tramp.

Ma’lumot uchun, grigoryan kalendaridan foydalanuvchi nasroniylik konfessiyalari 2020 yilda Pasxani 12 aprel kuni nishonladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus yuqtirganlar 560 433 nafarga yetdi. Ularning 22 115 nafari vafot etdi va 32 634 nafari davolandi. AQSH koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp koronavirus Pasxa

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing