Prezident: “Halol tadbirkor doim mening himoyamda”

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylangan ilk kunlardan buyon doim tadbirkorlar tarafida bo‘lib keldi. U ikkita ish o‘rnini yaratib, faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorni boshiga qo‘yishini aytdi. Biroq, joylarda hamon tadbirkorlarning yo‘liga g‘ov bo‘layotgan, soliq siyosatidagi o‘zgarishlardan tuzoq sifatida foydalanayotgan soliqchilar talaygina. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 fevral kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ham aynan shularga to‘xtalib, yana bir bor tadbirkorlar tarafida ekanini aytdi. 

“Qanchalik murakkab bo‘lmasin, boshlagan islohotlarimizni oxirigacha yetkazishimiz zarur. Lekin targ‘ibot-tushuntirish ishlarini bahona qilib, o‘rganishlarni tekshiruvga aylantirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Halol tadbirkor doimo davlat himoyasida, mening himoyamda”, dedi davlat rahbari.

Videoselektorda soliqlar to‘lovini amalga oshirishda noqonuniy holatlar ayrim misollar asosida muhokama qilindi. Yirik ishlab chiqaruvchilar, importyorlar va ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan sotilayotgan tovarlar harakatini tahlil qilib, naqd pulsiz hisob kitob-qilish ko‘lamini kengaytirish, buning uchun elektron hisob-faktura tizimini tezroq joriy etish zarurligi ta’kidlandi. 

Soliq idoralariga joylardagi boqimanda qarzdorlikni undirish, daromadlarning ichki zaxiralarini izlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi huzurida yirik soliq to‘lovchilar va importyorlar bilan ishlaydigan hududlararo inspeksiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Tadbirkor

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing