Poroshenko O‘zbekistondagi Ukraina elchisini lavozimdan oldi

Olam

image

Ukraina Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuriy Savchenko lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko kecha, 12 mart kuni tegishli farmonni imzolagan.

“Savchenko Yuriy Vasilevich Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi vazifasidan ozod qilinsin”, deyiladi hujjatda.

Ma’lumot uchun, 65 yoshli diplomat Yuriy Savchenko 2010 yildan beri O‘zbekistondagi Ukraina elchixonasi rahbari vazifasini bajarib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina elchi

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing