Oq uyning boshqaruvchisi o‘zgardi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uy apparatining yangi rahbarini tayinladi. Bu haqda u Twitter’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu lavozimni kongressmen Mark Medous egallaydi.

“Men kongressmen Mark Medous Oq uyni boshqarishini e’lon qilishdan mamnunman. Men Mark bilan uzoq vaqtdan beri tanishman va ishlaganman. Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi”, deb yozgan Tramp.

Amerika rahbari, shuningdek, Oq uy apparati rahbari vazifasini bajaruvchi Mik Malveynga qilgan ishi uchun minnatdorchilik bildirdi va u AQSHning Shimoliy Irlandiya bo‘yicha maxsus vakili lavozimida ish boshlashini ma’lum qildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made