Toshkentda 3 avtomobil ishtirokidagi YTHda 19 yoshli yigit halok bo‘ldi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2019
3947Kecha, 30 oktyabr kuni Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
30 oktyabr soat 00:20 da Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida 33 yoshli Salim R. Nexia avtomobilida 27 yoshli Akromjon Ch. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashgan. Matiz to‘qnashuv zarbidan qarama-qarshi tomonda harakatlanayotgan 35 yoshli Ahrolbek Yu. boshqaruvidagi Spark avtomobiliga urilgan.
YTH natijasida Akromjon Ch. tan jarohatlari olib tibbiy yordamga murojaat qilgan. Matiz avtomobilida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Daniyel A. olgan tan jarohatlari natijasida halok bo‘ldi.
Nexia avtomobili haydovchisining svetofor oldida to‘xtab turgan Matiz avtomobiliga urilishi YTHga sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi