Toshkent viloyatida davlatga 16 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan maynerlar aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi.  Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati, "O‘zenergoinspeksiya" va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida Toshkent viloyatida joriy yilning birinchi choragida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida noqonuniy kripto-aktiv va mayning faoliyati bo‘yicha 17 ta holat fosh etilgan.

Mayning-fermalar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga 16 mlrd 553 mln so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.

Misol uchun, Parkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga qarashli dala hovlida mayning qurilmalarni o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanishi oqibatida davlat manfaatlariga 3 mlrd 476 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro ham hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shug‘ullanib, 1 mlrd 19 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan tergov harakatlariga o‘tkazilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'zenergoinspektsiya mayner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made