Donald Tramp Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Tramp o‘z tabrigida, Navro‘z bayrami O‘zbekiston xalqiga shodlik va farovonlik olib kelishini tilab, ushbu ajoyib bayram munosabati bilan ko‘plab amerikaliklar hamda dunyodagi boshqa xalqlar yangilanish va uyg‘onish ayyomini birgalikda nishonlashini alohida qayd etib o‘tdi.

“O‘tgan yil may oyida Siz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv menga katta mamnuniyat bag‘ishladi, Siz amalga oshirayotgan islohotlar sur’ati meni g‘oyat xursand qilmoqda. Amerika xalqi va ishbilarmon doiralari O‘zbekiston bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochishda davom etmoqda. Biz Afg‘onistonda barqaror taraqqiyot va tinchlikka erishishning tarafdori bo‘lgan paytda Sizning Shimoliy yo‘lak masalasida qo‘llab-quvvatlashingizni qadrlayman. Navro‘z muborak!”, deydi AQSH prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan tabrigida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh Shavkat Mirziyoev Donal'd Tramp

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing