Serxio Ramos uylandi. Zidan to‘yga kelmadi

Sport

image

Kecha, 15 iyun kuni Madridning “Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi hamda sardori Serxio Ramos uylandi. To‘y Sevilyada o‘tdi.

Ramos teleboshlovchi Pilar Rubioga uylandi. Ularning nikoh marosimi Svilya bosh soborida o‘tkazildi.

Marosimda Serxio Buskets, Roberto Karlos, Jordi Alba, Florentino Peres, Devid Bekxem, Alvaro Morata, Santi Kasorla, Luka Modrich va dunyo sportining boshqa mashhur vakillari ishtirok etdi.

To‘yga 500 ga yaqin mehmon taklif qilingan. Biroq taklif qilinganlardan Zinedin Zidan, Garet Beyl, Jerar Pike, Karim Benzema, Iker Kasilyas, Mariano Diach, Tibo Kurtua va Isko ba’zi sabablarga ko‘ra to‘yga kelmagan. Ramos Ronalduni to‘yiga taklif qilmagan.

Ramos va Rubio 2012 yildan beri ishqiy munosabatda bo‘lib keladi. Juftlik uch o‘g‘il: kichik Serxio, Marko va Aleksandroni katta qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni Serxio Ramosning sobiq jamoadoshi Mesut O‘zil uylangandi. Uning to‘yiga Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emine Erdo‘g‘an bilan birga ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing